Rossiyaning “Megafon” va “Yota” kompaniyalari yaqin 2 yil içida birlaşişi mumkin, deb aytdi “Rossiya 24” telekanaliga “Megafon”ning asosiy egasi Alişer Usmonov.
“Yota’ni sotib oliş bilan biz LTE’ning kelajak texnologiyalari uçun ançagina mustahkamlik zaxirasini, çastota resursini oldik. Bugungi kungaça “Megafon” va Yota alohida bölgan. Ikki kompaniya izçillik bilan rivojlanib borgan. “Megafon”ga bu oğirroq keçgan, çunki bozorda raqobat katta. Yota infratuzilmasini yaxşiladi. Endi Yota şö'ba korxona sifatida “Megafon” infratuzilmasidan foydalanişi mumkin”, deb aytdi Usmonov.
Usmonovning aytişiça, keyingi bosqiç bu kompaniyalarning “Megafon” infratuzilmasida birlaşişi böladi.
“Birlaşiş jarayoni katta hajmdagi axborot va uni uzatişning katta tezligini qöllaş uçun zarur böladigan katta çastota resursi kiritilgan mablağlarni qaytarişda va loyihaning daromad qismini olişda katta rol öynaydi. Bugun bozorning rivojlanişiga köra, ikki yildan keyin muayyan natijaga ega bölamiz”, deb hisoblamoqda Usmonov.
“Megafon” “Skartel”ni (Yota brendini) 1,126 mlrd dollarga Garsdale xoldingidan sotib olgan. Yota “Skartel” va “Megafon”ning birlaşgan tarmoğida 2G/3G/4G tarmoqlarda federal qoplaşni ta'minlaydi hamda ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatiş xizmatini körsatadi.






