Rossiyalik milliarder, USM Holdings asosçisi Alişer Usmonov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida özining investitsion rejalari haqida sözlab berdi. Uning aytişiça, u Xitoyga kiritayotgan sarmoyalarini kamaytirmaydi va şu bilan birga Hindiston aktivlariga investitsiya hajmini oşiradi. 

“Bizning Xitoy aktivlariga investitsiyalarimizni şartli ravişda strategik va moliyaviyga böliş mumkin. Misol uçun, biz smartfon işlab çiqaruvçi Xiaomi kompaniyasi yaratilayotganda unga katta investitsiyalar qilganmiz. Hozirda bu kompaniya Xitoyda 1-raqamli işlab çiqaruvçi hisoblanadi. Yana bitta kompaniya – JD.com savdo internet-maydoni. Biz bu kompaniyaga ham jiddiy investitsiyalar qilganmiz. Ular bir neça barobarga köpaydi. Mana şular bizning strategik investitsiyalarimizdir”, deb aytmoqda Usmonov.

Tadbirkor xitoy va hind investitsiyalarining muvaffaqiyatiga işonişini aytdi.

“Alibaba internet-riteyler bu moliyaviy investitsiyadir, çunki biz bu kompaniyadan katta darajada çiqqanmiz. Biz dastlabki sarmoyalarimizni 5-6 marta köpaytirib oldik. Şu bilan birga biz hind bozoriga sinov investitsiyalarini kiritmoqdamiz. Biz bu bozor va iqtisodiyotlarning ösişiga işonamiz. Işonçim komilki, bu loyihalarimizda bizni  muvaffaqiyat kutmoqda”, deb qöşimça qildi Usmonov.