General Motors Powertrain Uzbekistan kompaniyasi Toşkentdagi kasb-hunar ta'limi markaziga öquv maqsadlari uçun 1.5 L2CEuro 2 dvigateli taqdim qildi.

Markazga 3 yil avval asos solingan. Markazda işlab çiqarişning 4 ta yönalişi: avtomobillarni ta'mirlaş va ularga texnik xizmat körsatiş, maşinasozlik işlab çiqarişi, elektr ta'minot, elektronika va axborot texnologiyalari böyiça mutaxassislar öqitiladi va tayyorlanadi.

“Biz General Motors Powertrain Uzbekistan’ga juda minnatdormiz. Hozirda zavodda markazimizning 20 nafar bitiruvçisi işlamoqda va biz kelgusida ham sermahsul hamkorlikni davom ettirişga umid qilamiz”, deb aytdi markaz direktori Ravşan Ibrohimov.

General Motors Powertrain Uzbekistan kompaniyasi boş direktori Jyennifer Bigelou kompaniya markazga körsatgan bu kömagidan xursand ekanligini aytdi.