AQŞning amaldagi prezidenti Barak Obama hamda uning örniga asosiy da'vogar Hillari Klinton 2015 yilning eng hurmatli odamlari deya e'tirof etildi. Bu Gallup kompaniyasining 2015 yil yakunlariga köra ötkazgan sörovnomasi natijalaridan ma'lum böldi.

Obama röyxatda 17 foiz ovoz olgan. Rim papasi Frantsisk va prezidentlikka nomzod, milliarder Donald Tramp 5 foizdan ovoz töplaşdi.
Ayollar röyxatida esa birinçi örin Hillari Klintonga nasib qildi.
1948 yildan buyon ötkazilayotgan sörovnomada Klinton xonim Eleonor Ruzvelt, Margaret Tetçer, Jaklin Kennedi, Tereza ona va Golda Meyrlardan ança oldinda bormoqda: u 14-marta ketma-ket birinçilikni egallaşi, umumiy hisobda esa bunday natijaga 20 marta erişgan.