001 raqamli şassi asosida bunyod etilgan Pagani Huayra superkarining noyob nusxasi savdoga qöyildi. Saudiya Arabistonida turgan avtomobilning savdosini Seven Car Lounge kompaniyasi amalga oşirmoqda.

Avtomobil 2013 yilda işlab çiqarilgan. Ayni paytgaça superkar 3600 kilometr masofani bosib ötgan. Pagani Huayra`ning birinçi nusxasi narxi faqatgina layoqatli xaridorga ma'lum qilinadi.

Pagani Huayra Registry ma'lumotiga köra, superkar Qatarning nomi oşkor qilinmagan fuqarosiga tegişli edi. Keyin esa Pagani Automotive mulkiga aylandi. Uşbu avtomobilni bir neça marotaba London va Italiyada körişgan.
Huayra`ning umumiy adadi 100tani taşkil etadi. Ularning barçasi 2015 yil avvaliga qadar sotib bölingan.

Pagani superkari Mercedes-AMG tomonidan işlab çiqilgan olti litr hajmli benzin bilan harakatlanuvçi V12 turbomotori bilan ta'minlangan. Agregatning quvvati 700 ot kuçiga teng bölib, qözğaliş joyidan 100 kilometr tezlikka erişişi uçun 3,3 soniya talab qilinadi. Modelning eng yuqori tezligi soatiga 370 kilometrdan iborat.

Ikki eşikli avtomobil 2011 yilda namoyiş qilingan. Yangi superkarning qiymati 2 million dollar atrofida.