AQŞda Rojdestvo kuni 27 kişi öqotar quroldan halok böldi, 63 kişi yaralandi, 2 kişi öz joniga qasd qildi. Bu haqda Gun Violence Archive taşkilotiga tayangan holda The Washington Post naşri xabar bermoqda.

Maqola muallifining sözlariga qaraganda, bölib ötgan voqealar “AQŞda zöravonlik heç ta'tilga çiqişni istamayotganini körsatuvçi taşvişli belgidir”. Bir bayram oqşomida AQŞda öqotar quroldan halok bölganlar soni Avstraliya, Buyuk Britaniya singari davlatlarning yillik körsatkiçiga yetib olgan.

Ta'kidlanişiça, oxirgi bir yil davomida Avstriya, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, Estoniya, Gonkong, Islandiya va Bermud orollarida umumiy hisobda 27 kişi öqotar quroldan halok bölgan.