"Mançester Yunayted" boş murabbiyi Lui van Gaal APLning 19-turida "Çelsi"ga qarşi keçgan uçraşuvdan (0:0) keyin bergan intervyusida öz lavozimini tark etiş haqida öylamayotganini bildirib ötdi.

"Mening iste'fo beriş ehtimolim haqida sörayapsizmi? Men uçun kelajagim haqidagi suhbat umuman qiziqarli mavzu emas. Axir, men kelajakka ta'sir qila olmayman. Men faqat öz futbolçilarim bilan işlaşim mumkin, özingiz kördingizku, ular men uçun jangavor öyin ötkazişdi.

Hatto şunday natijadan söng ham muxlislar meni olqişlaşdi. Şu sababli taşvişdaman, deb ayta olmayman. Futbolçilarimga töla işonaman.

Öz ixtiyorim bilan iste'foga çiqamanmi? Aksinça... Futbolçilar bu qadar oğir bosim ostida ham şunçalik yaxşi öyin körsatar ekan, iste'foga çiqişim uçun heç qanday sabab yöq. Balki OAV şuni istayotgandir, ammo men ketmayman. Bu orqali öz örnimga yopişib olayotganim yöq, buni şartnoma şartlarini bajariş deb hisoblaş kerak", degan gollandiyalik murabbiy Mirror naşriga.