Özbekiston prezidentining qarori bilan 2016 yil 1 yanvardan benzin iste'moli soliği oşiriladi.
Yangi yilda jismoniy şaxslardan olinadigan soliq 45 sömga oşib, 335 sömga yetdi. Ilgari bu körsatkiç 290 sömga teng edi.
Şu munosabat bilan, 1 yanvardan boşlab avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida bir litr benzinning narxi 45 sömga qimmatlaşadi. “Özneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi vakili ham uşbu xabarni tasdiqladi.
“Benzinning zavod narxi özgarişsiz qolgan, faqat benzin iste'moli soliği oşirilişi munosabati bilan benzinning barça markalari narxi aholi uçun 45 sömga qimmatlaşadi”, - dedi kompaniya vakili.
Şunday qilib, 1 yanvardan boşlab mos ravişda A-80 markali benzin narxi 2030 sömdan 2075 sömga, Ai-91 markali benzin esa 2235 sömdan 2280 söm, Ai-95 – 2460 sömdan 2505 sömga va dizel yonilğisi narxi – 2200 sömdan 2245 sömga qimmatlaşadi.






