29 dekabr kuni Toşkentdagi «Versal» restoranida 24-milliy çempionat yakunlariga köra çempionlik şohsupasiga kötarilgan 11 karra Özbekiston çempioni «Paxtakor» jamoasini rasmiy taqdirlaş marosimi hamda Yangi yil bazmi taşkil etildi. Bu haqda «Olamsport» xabar berdi.
Jamoa a'zolariga oltin medallarni Özbekiston Professional futbol ligasi boş direktori Farhod Magometov topşirgan.
Şundan söng, alohida nominatsiyalar böyiça futbolçilarga esdalik sovğalari topşirilgan.
Yarim himoyaçi Şerzod Karimovning «Lokomotiv» darvozasiga urgan goli mavsumning eng çiroyli goli deb topildi.

Çempionat töpurari bölgan Igor Sergeyev esa «Paxtakor»ning 2015 yildagi eng yaxşi futbolçisi böldi.

Igor Sergeyev bu yilgi mavsumda jami 50ta uçraşuvda maydonga tuşib, raqiblar darvozasini 34 marotaba işğol qildi. Unga klub rahbariyati tomonidan sovğa sifatida avtomobil kaliti topşirildi.
Bundan taşqari, marosimda yil davomida «Paxtakor» jamoasi faoliyatini yoritib borgan ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhiga faxriy yorliqlar topşirildi.
Eslatib ötamiz, «Paxtakor» Oliy liganing 2015 yilgi mavsumida çempionlikni oxirgi turda qölga kiritgandi.






