Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2016 yil uçun asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar prognozi va Özbekiston Respublikasi davlat byudjyeti parametrlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, Davlat maxsus maktabgaça ta'lim muassasalari töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda «Norma.uz» xabar bermoqda.
Joriy etilgan özgartirişlarga muvofiq, maxsus maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyalanuvçilarini parvarişlaş va ularni öqitiş uçun tölov endilikda ota-onalar yoki ular örnini bosuvçi şaxslardan undiriladi.
Faqatgina jismoniy yoki aqliy rivojlanişida ma'lum kamçiliklari bölgan bolalar uçun tölov undirilmaydigan böldi.
Nizomga köra, maxsus maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyalanuvçilarining davlat byudjyeti mablağlari evaziga oziq-ovqat bilan ta'minlanişi ham bekor qilinadi.






