Futbol böyiça Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan yanvar oyida Qatarda bölib ötadigan 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionatiga boradigan yakuniy tarkibni e'lon qildi. Bu haqda Özbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Toşkent va Dubayda taşkil etilgan ikki bosqiçli yiğin davomida Samvel Babayan boşçiligidagi murabbiylar ştabi bir qança nomzodlar orasidan 23 nafar futbolçini saralab oldi.

Ular orasida Özbekiston milliy terma jamoasining a'zolari — Javohir Sohibov, Dostonbek Hamdamov, Jamşid Iskanderov, Ikrom Aliboyev, Eldor Şomurodov va Igor Sergeyev kabi futbolçilar bor.

Tarkib asosan Özbekiston milliy çempionatida öynaydigan futbolçilar hisobiga qurilgan bölib, Serbiyaning «Yavor» klubi futbolçisi Xusniddin Ğofurov terma jamoadagi yagona legioner hisoblanadi.

Özbekiston olimpiya terma jamoasi 2016 yilning 2 yanvar kuni navbatdagi yiğinda iştirok etiş uçun Dubayga jönab ketadi. Yiğin tugagaç, delegatsiya Qatarga yöl oladi.

Özbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo çempionatida iştirok etadigan tarkibi:

Darvozabonlar — Abdumavlon Abduljalilov («Neftçi»), Javohir Ilyosov («Maş'al»), Asilbek Omonov («Qöqon-1912»);

Himoyaçilar — Sardor Rahmonov («Neftçi»), Abdulloh Olimov («Paxtakor»), Maksimilian Fomin («Buxoro»), Javlon Mirabdullayev («Metallurg»), Muhsinjon Ubaydullayev («Paxtakor»), Akromjon Komilov («Bunyodkor»), Doston Tursunov («Neftçi»), Jamşid Boltaboyev («Paxtakor»), Vladimir Kozak («Paxtakor»);

Yarim himoyaçilar — Javohir Sohibov («Paxtakor»), Otabek Şukurov («Bunyodkor»), Doston Hamdamov («Bunyodkor»), Jaloliddin Maşaripov («Paxtakor»), Temur Hakimov («Oqtepa»), Jamşid Iskanderov («Paxtakor»), Ikromjon Aliboyev («Lokomotiv»), Husniddin Ğofurov («Yavor», Serbiya);

Hujumçilar — Igor Sergeyev («Paxtakor»), Eldor Şomurodov («Bunyodkor»), Jasurbek Hakimov («Söğdiyona»).

Ma'lumot uçun, Özbekiston terma jamoasi 12 yanvarda start oladigan Osiyo çempionatida Iroq, Janubiy Koreya va Yaman terma jamoalari bilan birga «C» guruhida joy egallagan. Özbekistonlik olimpiyaçilar dastlabki uçraşuvni 13 yanvarda Janubiy Koreyaga qarşi ötkazadi. Söngra 16 yanvarda Iroq bilan, 19 yanvarda esa Yaman bilan öynaydi.

Uşbu Osiyo çempionati 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida taşkil etiladigan yozgi Olimpiadaga yöllanma beruvçi musobaqa bölib, uç jamoa — çempionatning ikki finalçisi va 3-örin uçun uçraşuv ğolibi Olimpiya öyinlari yöllanmasini qölga kiritadi.