Yaqinda Markaziy Osiyo davlatlarida 9 yildan buyon birinçi marta Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe bölib, mintaqaning barça beş mamlakatida böldi. Mazkur uçraşuvlar natijasida iqtisodiy va gumanitar sohalarda bir qança kelişuvlar imzolandi. Yaponiya yaqin 5 yil içida mintaqaga 25 mlrd dollar yönaltirişi e'lon qilindi.

Sindzo Abe turnesi tahlilçilarning va ekspertlarning diqqatini öziga tortdi. Ular Yaponiyaning bu mintaqadagi asl maqsadlarini aniqlaşga tirişişdi. Iqtisodiy jihatdan bu yerda ikkita asosiy kuç yetakçilik qiladi – Rossiya va Xitoy.

Kapital kiritmalari kölamiga köra Xitoy 6 yildan buyon Rossiyadan oldinda bormoqda. Xitoy yoqilği-neft kompaniyalarining töğridan-töğri investitsiyalari hajmi 25.3 mlrd dollarni taşkil qiladi, ammo ularning 90 foizi Qozoğiston neft-gaz sektoriga yönaltirilgan. Xususan, CNPC Qozoğistonning bu sektoriga 12 mlrd dollar pul ajratgan, yana 6.2 mlrd dollar Qozoğiston hududidan Markaziy Osiyo resurslarini Xitoyga yetkaziş uçun quvurlar ötkazişga yönaltirgan.

Şu maqsadlarda Özbekistonga ham 1.7 mlrd dollar ajratilgan. Bundan taşqari, Sinopec Qozoğiston uglevodorodlariga 1.4 mlrd dollar ajratdi. Bu XXR Markaziy Osiyoga xom aşyo manbasi sifatida qarayotganidan dalolat beradi, deb hisoblaydi ekspertlar.


Xitoy kompaniyalari, şuningdek, Tojikistonda ham faol işlamoqda, ammo bu holatda ular Tojikiston firmalariga bevosita investitsiyalar kiritmay, uzoq istiqbolli kreditlar ajratiş bilan kifoyalanmoqda.
Rossiyaning töğridan-töğri xorijiy investitsiyalari asosiy ofşor va boşqa yurisdiksiyalar orqali kirib kelişi bois aniq hisob-kitob qilinmaydi. Rossiyaning Markaziy Osiyodagi real kapitali hajmi 14.5 mlrd dollar deb çamalanadi.

Bu jihatdan Rossiya mintaqadagi ikkinçi yirik investor hisoblanadi hamda boşqalardan katta uziliş bilan yetakçilik qiladi. Şu bilan birga, Rossiya investorlari, xitoylik hamkasblari singari, asosan Qozoğistonda işlaşni ma'qul köradi: Rossiyaning Qozoğistondagi investitsiyalari hajmi 9 mlrd dollarni taşkil qiladi.

Ulardan keyingi örinlarda mintaqada AQŞ va Janubiy Koreya turadi, lekin uşbu davlatlarning investitsiyalari yuqoridagilardan ança kamdir. Yaponiya kompaniyalari yaqin paytgaça asosan Rossiyada faoliyat yuritar, Markaziy Osiyoga esa deyarli qiziqiş bildirmas edi. Faqat ikkita loyihadagi iştiroki közga taşlanadi: Qoçağon konida portfelli investor sifatida Yaponiyaning Inpex korporatsiyasi işlagan bölsa, Sumitomo Qozoğistonning Oqmöla viloyatida rangli metallurgiya loyihasini amalga oşirmoqda.

Ammo Markaziy Osiyo salohiyati hamda köpçilik sektorlarda raqobatning kuçsizligi Yaponiya korporatsiyalarini öz xatti-harakatlarini qayta körib çiqib, faolroq işlaşga undamoqda. Erkin kapital bölganida, siyosiy hamkorlik kuçaygan bir pallada yaponiyalik biznesmenlar uşbu vaziyatdan foydalanib qolişlari zarur, deb hisoblaydi Yevrosiyo taraqqiyot banki integratsion tadqiqotlar markazi direktori Yevgeniy Vinokurov.

Yaponiyalik investorlar birinçi navbatda xom aşyo resurslariga qiziqiş bildirmoqda. Ammo yoqilği kompleksida öz uluşini köpaytiriş murakkab keçadi, negaki bu yerda ular Rossiya va Xitoy kompaniyalari bilan raqobatlaşişiga töğri keladi. Şu bois Yaponiya Markaziy Osiyoning içki bozori bilan şuğullanişi mumkin. Jumladan, maşinasozlik kompleksiga mablağ kiritiş özini oqlaşi mumkin. Infrastruktur loyihalar ham istiqbolli deb baholanmoqda.

Vinokurovning fikriça, Sindzo Abening taşrifida Yaponiya va Xitoy raqobati körinadi, ammo bu raqobat juda jiddiy emas. Yaponiya korporatsiyalari birinçi öringa iqtisodiy sabablar majmuini qöymoqda, bu esa arzon kapitalning mavjudligi va Markaziy Osiyo bozorlaridagi raqobatning kusçizligidir.

Vinokurov Yaponiyaning mintaqaga kirib kelişi Rossiya uçun jiddiy yöqotişlarni olib kelmasligini ta'kidlamoqda. Jumladan, neft sohasida Rossiya kompaniyalarining işlari yaxşi ketmoqda. Boşqa tomondan esa, mintaqada Rossiya iqtisodiy manfaatlarini himoya qilişga köproq e'tibor talab etiladi.

Ular uzoqni közlab tuzilgan strategiya doirasida rivojlantirilişi lozimligi ekspertlar tomonidan ta'kidlanmoqda. Hozirça Markaziy Osiyo davlatlarida rivojlaniş banklari, savdo uylari, vakolatxonalar, filiallar oçiş va hamkorlikni yanada jonlantiriş yetişmayapti, deb xulosa qiladi rossiyalik mutaxassis.

Eldor Asanov tayyorladi