Köplab ekspertlarning fikriça, tarixda aralaş yakkakuraşning eng yaxşi jangçisi, rossiyalik Fyodor Yemelyanenko 31 dekabrda ringga qaytadi. Afsonaviy sportçi Yaponiyada ulğaygan, hind millatiga mansub jangçi Jaydip Singx bilan ringga tuşadi. Singxning hisobida kikboksing qoidalari böyiça 51 ta jangdan 40 ta ğalaba va MMA qoidalari böyiça 2 ta jangdan 2 ta ğalaba bor.

Aralaş yakkakuraşning nomdor ustasi, sambo böyiça bir neça karra jahon çempioni, Yaponiyada “Oxirgi imperator” deb ataluvçi Fyodor Yemelyanenko öz jangini yirik xalqaro musobaqa Rizin Fighting World Grand Prix doirasida ötkazadi. Bu musobaqa 29-31 dekabr kunlari Saytama şahrida bölib ötmoqda. Musobaqada 100 kg gaça vazn toifasiga ega 8 nafar maxsus tanlab olingan jangçilar bellaşadi. 

Singx rossiyalik sportçidan 12 sm ga banlandroq va 11 yilga yoşroq. Ma'lum qilinişiça, Yemelyanenko — Singx jangi Tokio vaqti bilan 11:05 da boşlanişi kerak (Toşkent bilan Tokio orasidagi farq 4 soatni taşkil qiladi, ya'ni bu jang Toşkentda soat 15:05 bölganida boşlanadi).

Yemelyanenko MMA’da ötkazgan 40 ta jangidan 35 tasida ğalaba qozongan. U oxirgi jangini 2012 yil iyunda ötkazgan. Yemelyanenko  faoliyatini tugatgandan keyin Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoning maslahatçisi bölib işlagan va “Rossiya MMA ittifoqi”ning prezidenti hisoblanadi.

Jangga tayyorlaniş davomida Fyodor Moskva, Amsterdam va Stariy Oskolda (Rossiyaning Belgorod viloyatidagi şahar, Yemelyanenkoning ona şahri) maşğulotlar ötkazdi.

Avvalroq sportçi eski jarohatlarini davolab, özini yaxşi his qilayotgani va ringga qaytiş vaqti kelganini aytgandi.