Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 dekabr kuni “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonunni imzoladi.

Uşbu Qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 2015 yilning 27 noyabrida qabul qilingan va Senat tomonidan 2015 yilning 4 dekabrida ma'qullangan edi.

Qonunga muvofiq, saylov qonunçiligi, bir qator kodekslar va boşqa qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritilgan.

Yangi Qonun hujjati bilan bu havolada PDF şaklida tanişiş mumkin.

Qonunga köra, Özbekiston prezidentligi uçun saylovda siyosiy partiyalar körsatgan nomzodlarini qöllab-quvvatlovçi saylovçilarning imzolarini töplaş jarayonida endi avvalgidek saylovçilarning 5 foizi emas, 1 foizi imzosini yiğiş kifoya qiladi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida»gi qonunning 242-modda beşinçi qismining beşinçi xatboşisidagi «kamida beş foizining» degan sözlar «kamida bir foizining» degan sözlar bilan almaştirilgan.

Şu vaqtgaça nomzod sifatida tasdiqlaniş uçun saylovçilarning kamida 5 foizi imzosi (1 million atrofida) talab qilinardi. Endilikda nomzodlar 200 ming saylovçining imzosini töplaşi kerak böladi.

Şuningdek, tuzatişda 18 yoşga tölgan, röyxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uçastkasi hududida doimiy» degan sözlar «ön sakkiz yoşga tölgan, röyxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uçastkasi hududida doimiy yoki vaqtinça» degan sözlar bilan almaştirişi belgilangan.
23-moddaning uçinçi qismiga özgartiriş kiritilgan.
Röyxatga kiritilmaganlik, notöğri kiritilganlik yoki röyxatdan çiqarilganlik yuzasidan, şuningdek röyxatda saylovçi töğrisidagi ma'lumotlarni körsatişda noaniqlikka yöl qöyilganlik xususida şikoyat qiliş böyiça murojaatlar esa uçastka saylov komissiyasi tomonidan avvalgidek 2 kun içida emas, 24 soat içida körib çiqilişi keraktligi körsatilgan.

Muddatidan oldin ovoz beriş saylovga ön kun qolganida boşlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berişni ötkaziş vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovçilarning, kuzatuvçilarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining e'tiboriga yetkaziladi.
Muddatidan oldin ovoz berişni amalga oşiriş uçun saylovçi saylov kunida böla olmasligi sabablari (ta'til, xizmat safari, çet elga çiqiş va hokazo) körsatilgan ariza asosida öz yaşaş joyidagi uçastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovçi saylov varaqasini olganligi haqida uçastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a'zosi hozirligida saylovçilar röyxatiga imzo qöyadi.

Saylovoldi taşviqotini olib boriş saylov boşlanişidan avvalgidagi kabi 1 kun emas, 2 kun oldin töxtatiladi.

Saylovçilar va nomzodlarning uçraşuvlari mustaqil ravişda olib boriladi.