Iroq harbiylari tomonidan ötgan haftada IŞID qölidan ozod qilingan Ar-Ramadi şahrida portlaş yuz berişi natijasida 16 kişi halok bölgan. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Portlaş şaharning aynan qaysi tumanida sodir etilgani haqida ma'lumot yöq. Şuningdek, bu terakt tufayli qança kişi jarohatlangani haqida aniq xabar berilmagan.

Iroq armiyasi 27 dekabr kuni Ar-Ramadi markaziga bayroq örnatib, 2014 yil yozidan beri jangarilar qölida bölgan şaharni ozod etgani haqida e'lon qilgandi. Bu şahar markazi bölgan Anbar viloyati gubernatori Suheyb ar-Ravi şaharning 80 foizida nazorat örnatilgani, qolgan qismida jangarilar aholidan "tirik qalqon" sifatida foydalangan holda taslim bölmay turgani haqida ma'lum qilgan.

Şuningdek, AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Ar-Ramadi şahrining bir qismi hali ham IŞID qölida qolayotgani haqida aytgan.

Iroq armiyasi Ramadini jangarilardan töla ozod qilib, şaharga bayroq örnatdi

Kerri: Ramadi şahrining bir qismi hali ham IŞID qölida qolmoqda