2016 yil kirib kelişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Özbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini yölladi. Prezidentning bayram tabrigi Özbekistonning barça markaziy telekanallari orqali öqib eşittirildi.
Prezident öz tabrigida kirib kelayotgan 2016 yil 2015 yilga qaraganda kam bölmasdan, xosiyatli va samarali bölişiga işonç bildirgan.
Özbekiston hukumatining prognoz va hisob-kitoblarida körsatilişiça, kirib kelayotgan 2016 yilda iqtisodiyotning ösiş sur'atlari 7,8 foizga, aholining jon boşiga töğri keladigan real daromadlari 9,5 foizga, iş haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning miqdori turli manbalar hisobidan 15 foizga oşişi kutilmoqda.
Uning sözlariga köra, 2016 yilda davlat byudjyetida ilmu fan, ta'lim-tarbiya, soğliqni saqlaş, madaniyat, sport tarmoqlarini özida mujassam etgan ijtimoiy sohani rivojlantirişga sarflanadigan mablağlar 2015 yilda özlaştirilgan mablağlarga nisbatan ança köproq bölib, davlat byudjyeti umumiy xarajatlarining 59,1 foizini taşkil etadi.
"Kirib kelayotgan yilda barça moliyaviy manbalar hisobidan iqtisodiyotimizga 17 milliard 310 million dollar miqdoridagi kapital qöyilmalar yönaltirilib, ularning 23,5 foizini çet el investitsiyalari taşkil etadi.
Bir söz bilan aytganda, yangi – 2016 yil köpgina körsatkiçlar böyiça yakuniga yetayotgan 2015 yilga nisbatan kam bölmasdan, balki köp sohalarda undan ança yuqori va ziyoda bölişi möljallanmoqda.
2016 yilda umumiy qiymati 5 milliard 500 million dollar bölgan 164 ta yirik işlab çiqariş obektida quriliş işlarini yakuniga yetkaziş va ularni foydalanişga topşiriş közda tutilmoqda.
Şular qatorida Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 450 megavatt bölgan ikkita buğ-gaz turbinasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida 150 megavatt quvvatga ega bölgan energiya bloki qurilişini nihoyasiga yetkaziş, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 70 ming tonna mis işlab çiqaradigan metall eritiş korxonasini barpo etiş kabi öta muhim loyihalar borligini ta'kidlaş lozim.
2016 yilda xitoylik şeriklar yordamida Qamçiq dovonini kesib ötadigan 19 kilometrlik tunnel qurilişini tugatib, Farğona vodiysini butun Özbekiston bilan boğlaydigan temir yöl işga tuşirilişi, şuningdek, “Toşkent – Samarqand” tezyurar temir yöl qatnovining Buxorogaça yetib borişi belgilangan.
Ayni vaqtda “Jyeneral motors – Özbekiston” aksiyadorlik jamiyatida “T-250” modelidagi yengil avtomobillar işlab çiqarişni özlaştiriş, Muborak gazni qayta işlaş zavodida yillik quvvati 80 ming tonna bölgan oltingugurt granulalari tayyorlaydigan korxonani barpo etiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, zamonaviy traktorlar, yangi rusumdagi mobil telefonlar, planşet kompyuterlari, noutbuklar, televizor va xolodilniklar, konditsionerlar hamda boşqa maişiy elektr texnika buyumlari, keng turdagi dori-darmon vositalari işlab çiqaradigan quvvatlar ham foydalanişga topşiriladi.
Kelgusi yilda “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi “Boing-787” havo laynerlarining eng zamonaviy avlodiga mansub ikkita yangi samolyot bilan ta'minlanişi mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi rivojini yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi", deydi davlat rahbari.






