Isroil armiyasi oxirgi oylarda isroilliklar va xavfsizlik kuçlari xodimlariga hujum qilgan 23 falastinlikning jasadini Falastin muxtoriyatiga topşiradi, deb aytdi Isroildagi harbiy manba “Frans Press” axborot agentligiga.
Agentlikning ta'kidlaşiça, bu çora Isroil va Falastin örtasidagi keskinlikni kamaytirişga qaratilgan.
Isroil va Falastin örtasida keskinlik boşlangandan keyin Falastin tomonidan deyarli har kuni amalga oşirilgan hujumlar oqibatida 19 isroillik halok bölgan, 200 dan köpi jarohat olgan. Falastin tomonidan ixtilof davomida 100 dan köproq odam halok bölgan, ulardan yarmidan köpi Isroil fuqarolariga öqotar, sovuq qurol qöllaş va avtomobil bilan bostiriş usuli bilan hujum qilmoqçi bölganda otib taşlangan.






