1 yanvarda qor yoğişi oqibatida Livanning toğli hududlarida avtomobil aloqasi falajlanib qoldi. Daily Star gazetasining elektron versiyasida ma'lum qilinişiça, qor dengiz sathidan 700 m pastroqda joylaşgan hududni qoplagan. Aholiga yöl muzlaşi sababli öz uylarida qoliş tavsiya qilinmoqda.
Jandarmlar Daxr-al-Baydar toğli davoni orqali ötuvçi Bayrut-Damaşq strategik şossesi böyiça atrotransport harakatini yopib qöyişdi. Qutqaruvçilar öz avtomobillarida toğlarda qolib ketgan 700 kişini qor tutqunligidan çiqarib olişdi.
“Vladimir” nomli arktik sikloni Livanning janubida joylaşgan Tirning sohilböyi tumanlarida toşqin keltirib çiqardi. Buning oqibatida bir neça turar joy mavzelari suv ostida qoldi. Kuçli ştorm tufayli Sayd porti yopildi.
Bu orada BMT insonparvarlik agentliklarida Livanning şimoli va şarqida joylaşgan suriyalik qoçqinlar lagerlaridagi vaziyat taşviş uyğotmoqda. Töfonli şamollar u yerdagi çodirlarni uçirib yubormoqda, havo haroratining keskin pasayib ketişi odamlarning hayotiga xavf solmoqda.
Şuningdek, Beka vodiysiga olib boruvçi toğli davonlardan ötuvçi yöllar tösilib qolgan, u yerga içimlik suvi, oziq-ovqat, mazut va issiq kiyimlarni yetkaziş murakkablaşgan. Livan toğlarining şarqiy tizmasidagi vaqtinçalik boşpanalarda yaşayotgan 400 ming kişi qor ofati tutqunligida qoldi.






