Samsung korporatsiyasi Vetnam hukumatidan mamlakatning eng yirik şahri Xoşiminda joylaşgan SHTP (Saigon Hi-Tech Park) texnoparkiga kiritadigan investitsiyani oşirişga ruxsat oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga majmua direktori Le Xoay Kuok ma'lum qildi.

Kuokning aytişiça, Samsung kompaniyasi SHTP’ga qöşimça 600 mln dollar investitsiya kiritişga ruxsat oldi. Bu pullar “aqlli” televizorlar va turli elektron qurilmalarni işlab çiqarişni taşkillaştiriş va texnopark hududida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlarini olib boriş uçun sarflanadi.

Dastlab kompaniya loyihaga 1,4 mlrd dollar investitsiya qilmoqçi bölgandi, endi esa 2 mlrd dollar sarflay oladi. Janubiy Koreya kompaniyasi uşbu texnoparkda öz mahsulotlarini 2016 yilning fevral oyi oxirida yoki mart oyi boşida işlab çiqarişni boşlaydi.

Ma'lum qilinişiça, Samsung Vetnam bozorida eng yirik xorijiy investitsiyaçi hisoblanadi. Kompaniya mamlakatda televizorlar işlab çiqaruvçi zavod quriş uçun 560 mln dollar, smartfon işlab çiqaruvçi zavod qurilişiga 3 mlrd dollar sarflaşi va suyuq kristalli modullar işlab çiqarişini töliqligiça mamlakatga ötkazişi ma'lum qilingandi.