Angliya Premer-ligasining 20-turida “Arsenal” Londonda “Nyukasl” bilan uçraşdi. Uçraşuv 1:0 hisobida kanonirlar hisobiga yakunlandi. Uçraşuvdagi yagona töpni Loran Koselni urdi.
“Arsenal” şu ğalabasi evaziga APLning yakka peşqadamiga aylandi. Endi londonliklar 2-örindagi “Lester Siti”dan 2 oçko oldinda ketmoqdalar.
Angliya Premer-ligasi, 20-tur
"Arsenal" – "Nyukasl Yunayted" – 1:0
Gol: Koselni, 72 (1:0).
“Lester” esa öz maydonida “Bornmut” bilan natijasiz durang hisob qayd qildi (0:0).
"Lester Siti" – "Bornmut" – 0:0
Urilmagan penalti: Marez, 59 (Lester).
Çetlatiş: Frensis, 57 (Bornmut).
Yana bir uçraşuvda “Mançester Yunayted” öz maydonida “Suonsi Siti”ni qabul qildi va 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Mankunianliklar bu ğalaba bilan barça musobaqalarda qayd qilingan 8 ta ğalabasiz seriyaga çek qöyişdi. Mankunianliklar oxirgi marta ğalabani APLning 13-turida, 21 noyabrda “Uotford”ni 2:1 hisobida mehmonda yutib, qölga kiritgandi.
Mezbonlar safida Antoni Marsyal va Ueyn Runi, mehmonlar safida esa Gilfi Tor Sigurdsson öz hisoblariga bittadan töp yozib qöyişdi.
"Mançester Yunayted" – "Suonsi Siti" – 2:1
Gollar: Marsyal, 47 (1:0); Sigurdsson, 70 (1:1); Runi, 77 (2:1).
Turdan örin olgan qolgan uçraşuvlarda quyidagi natijalar qayd qilindi:
"Sanderlend" – "Aston Villa" – 3:1
Gollar: van Anxolt, 30 (1:0); Xil, 63 (1:1); Defo, 72 (2:1); Defo, 90+2 (3:1).
"Norviç Siti" – "Sautgempton" – 1:0
Gollar: Tetti, 76 (1:0).
Çetlatiş: Vanyama, 73 (Sautgempton)
"Vest Bromviç Albion" – "Stok Siti" – 2:1
Gollar: Sessenon, 60 (1:0); Uolters, 81 (1:1); Evans, 90+3 (2:1).
Çetlatiş: Kemeron, 83 (Stok Siti).






