Ötgan yilning dekabr oyi boşida Ispaniyaning "Valensiya" jamoasiga boş murabbiy sifatida olib kelingan angliyalik sobiq futbolçi Gari Nevill özining kelajagi borasidagi savollarga javob berib ötdi. U 2016 yilning yozida "körşapalaklar" bilan şartnomasi yakunlangaç, boşqa iş boşlaşi mumkin.
"Hozir kelajakda aynan nima iş qilişimni aniq ayta olmayman. Lekin bu murabbiylik emas. Murabbiylikda muvaffaqiyatlarga erişiş - mening boş maqsadim emas. Vaqti kelib, "Valensiya"dan iş taklif qilişdi. Men bungaça bosma naşrda, televideniyeda, jamoa murabbiyi sifatida, terma jamoa murabbiyi yordamçisi sifatida va jamoa xöjayini sifatida faoliyat körsatdim. Bu kasblar menga tajriba töplaşda yordam berdi. Yana vaqti keladiki, boşqa taklif çiqadi va men murabbiylikni taşlab, öşa iş bilan şuğullanaman", deya uning sözlarini keltiradi Sky Sports.






