Iordaniya Saudiya Arabistonining Tehrondagi elçixonasiga uyuştirilgan hujumni keskin qoraladi va 47 kişiga nisbatan oliy jazo ijro etilgan Saudiya Arabistonini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Bu haqda Iordaniya hukumati rasmiy vakili Muhammad al-Mumaniy ma'lum qilgan.

2 yanvar, şanba kuni Saudiya Arabistoni IIV ölimga mahkum qilingan 47 kişining qatli ijro etilgani haqida xabar bergan edi.

Şu kuni keçasi bu voqeadan norozi bölgan eronliklar Tehrondagi Saudiya Arabistoni elçixonasiga hujum uyuştirişdi.

Eron hukumati bu hujumda iştirok etganlarning 40 nafarga yaqinini hibsga olgan.

"Iordaniya birodar Saudiya Arabistoni qirolligining radikalizmga qarşi kuraşini qöllab-quvvatlaydi va Eron tomonidan bu davlatga ötkazilayotgan bosimga e'tiroz bilan qaraydi", deya al-Mumaniyning sözlaridan iqtibos keltiradi Petra agentligi.

Uning hisoblaşiça, Saudiya Arabistoni elçixonasiga uyuştirilgan hujum xalqaro huquqning qöpol ravişda buzilişi va diplomatik missiyalar xavfsizligi böyiça kelişuvga rioya etmaslikdir.

Bundan oldinroq, Bahrayn ham Saudiya Arabistoni töğri iş tutgani haqidagi bayonot bilan çiqqandi.

Şayx Nimr an-Nimr Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 2012 yilda mamlakat şarqida ötkazilgan norozilik namoyişi vaqtida qölga olingan edi. 2014 yilda u mamlakatda tarqoqlik, qirolga böysunmaslik va terrorçilik taşkiloti tuzganlikda ayblanib, ölim jazosiga mahkum qilingan edi.

2014 yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni terrorçi va ekstremizmga qarşi jinoiy javobgarlik uçun jazo çoralarini sezilardi darajada kuçaytirgan edi. Qirollikda terrorçi deb tan olingan taşkilotlar röyxati e'lon qilingan.