Iroq boş vaziri Haydar al-Abadiy Saudiya Arabistoni şialar yetakçisi Nimr an-Nimrni mamlakatda tartibsizliklar keltirib çiqarişda ayblab, qatl etganiga nisbatan öz munosabatini bildirdi.

2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligi terrorizm bilan şuğullanganlik va uni rağbatlantirişda ayblangan 47 kişiga çiqarilgan ölim hukmi ijro etilgani haqida e'lon qildi. Qatlga buyurilganlar orasida "Al-Qoida" taşkilotining Saudiya Arabistonidagi bölimi yetakçisi Faris az-Zaxrani hamda şialar yölboşçisi Nimr an-Nimr nomlari bor.

Al-Abadiy bu xabarni eşitganida "şokka tuşgani" haqida aytgan va muxoliflarni zaiflaştiriş uçun bunday yöl tutilmasligi kerakligini ta'kidlagan.

"Inson huquqlari buzilişi öz ortidan salbiy asoratlarni, hududda navbatdagi noroziliklar boşlanişi va jamiyat xavfsizligi hamda beqarorligi yuzaga kelişiga olib keladi", deb yozgan vazir özining feysbukdagi sahifasida.

Din tarğibotçisi şayx Nimr an-Nimr Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 2012 yilda mamlakat şarqida ötkazilgan norozilik namoyişida qölga olingan edi. 2014 yilda u mamlakatda tarqoqlik, qirolga böysunmaslik va terrorçilik taşkiloti tuzganlikda ayblanib ölim jazosiga mahkum qilingan edi.

Saudiya Arabistonida 47 kişi terrorizmda ayblanib, qatl etildi

Eron imomning qatl etilişi sababli Saudiya Arabistoniga noroziligini bildirdi

Tehronda namoyişçilar Saudiya Arabistoni elçixonasi binosini yoqib yuborişdi

BMT boş kotibi Saudiya Arabistonida 47 kişining qatl etilişini qoraladi

Suriyalik vazir Saudiya Arabistonida 47 kişining qatl etilişini qoralab çiqdi

Bahraynda an-Nimrning qatliga norozilik bildirib çiqqanlarga közni yoşlantiruvçi gaz qöllandi