1 yanvar kuni “Navbahor” öyingohida Namangan futboli tarbiyalanuvçisi, ayni paytda Rossiyaning “Krasnodar” klubi a'zosi hisoblanadigan Odil Ahmedov yoş futbolçilar bilan uçraşdi.
Öyingohdagi majlislar zalida ötkazilgan uçraşuvda Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan viloyat hokimligining Madaniyat va sport işlari boşqarmasi boşliği Rasuljon Nizambayev, Namangan şahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti Bahodir Bekxodjayev, “Navbahor” futbol klubi vitse-prezidenti Olimjon Qosimov va OAV vakillari ham qatnaşişdi.
Uçraşuv avvalida Namangan viloyat hokimi sözga çiqib, yoş futbolçilarga kelgusida mamlakatimiz futbolida öz örinlariga ega böliş uçun tinmay mehnat qiliş lozimligi haqida gapirib, ular uçun barça şart-şaroitlar yaratilayotganligini alohida e'tirof etdi. Kelgusida yoş avlod vakillarini futbol bilan munosib tarzda şuğullanişlari uçun yangi-yangi sport inşootlarini barpo etilişini ma'lum qildi.
Uçraşuvda Namangan viloyat faxri bölgan Odil Ahmedovga Namangan şahrida faoliyat yuritayotgan 15-sonli futbol maktab-internati va “Navbahor-Umid” futbol maktabining iqtidorli tarbiyalanuvçilari özlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilişdi. Odil Ahmedov faoliyati davomida röy bergan qiziqarli voqealar haqida gapirib berdi. Uçraşuv sönggida Ahmedov maydonga çiqib, yoş futbolçilarga töp bilan işlaşdagi mahoratini namoyiş etdi.










