Qöşma ştatlarda Eronning "kelgusi haftalarda" öz zimmasidagi bir qator şartlarni bajarişini kutişmoqda. Eronliklarga 2015 yilning iyulida "oltilik" (BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a'zolari va Germaniya) va rasmiy Tehron örtasida tuzilgan kelişuv şartlari eslatilgan. Bu haqda Barak Obamaning taşqi siyosat böyiça maslahatçisi Ben Rods jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Men eronliklar keyingi haftada kelişuv şartlarini bajariş böyiça işlarni yakunlaşini taxmin qilayapman", degan u Gavayida ötkazilgan brifingda.
Eron va xalqaro vositaçilar "oltiligi" 14 iyulga ötar keçasi Tehron yadroviy dasturi böyiça kelişuvga erişgan edi. Unga köra, BMT Xavfsizlik kengaşi, AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilişi evaziga Eron tomoni öz yadroviy dasturi faqat tinçlik maqsadlariga yönaltirilganini isbotlab berişi kerak.
AQŞ Eronga qarşi yangi sanksiyalar kiritişi mumkin
AQŞ yanvardayoq Erondan bir qator sanksiyalarni bekor qilişi mumkin
AQŞda Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritişni ortga qoldirildi
Eron AQŞning ehtimoliy sanksiyalariga javoban 5000 km dan uzoqroqqa uçadigan raketa yaratadi






