Saudiya Arabistoni Eron hukumatiga Tehrondagi öz elçixonasi xavfsizligini ta'minlaş talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanalida ma'lum qilingan.
Bundan taşqari, Saudiya Arabistoni Eronning Ar-Riyoddagi elçisini "Tehronning Saudiyani terrorizmni qöllaşda ayblaş" bilan boğliq bayonotiga izoh söraş uçun çaqirtirgan.
Saudiya Arabistoni IIV 2 yanvar kuni terrorçilikda va uni rağbatlantirişda ayblangan 47 kişiga nisbatan çiqarilgan hukm ijro etilgani haqida ma'lum qilgandi. Qatl etilganlar orasida mamlakatdagi şialar rahmnamosi Nimr an-Nimr ham bölgan.
Eron TIV ham saudiyaliklarning Tehrondagi elçisini Nimr an-Nimrning qatliga izoh söraş uçun çaqirtirgan.
Bundan oldinroq, Eronda bu voqealarga norozilik namoyişlari ötkazilgani haqida xabar qilingandi.






