Suriya hukumati qöşinlari 2 yanvar kuni mamlakat janubidagi Diro, Al-Kuneytra va As-Suvayda viloyatlari bilan boğlovçi yölda joylaşgan Şayx Miskin şahrini egalladi. Bu haqda Suriya al-En portali ma'lumotiga asoslanib, TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.

Şahar uçun jang 3 kun davom etgan. Jang vaqtida 50 nafardan ortiq jangari öldirilgan va 250dan ortiği jarohatlangan. Hukumat kuçlari Xauran viloyati markazi bölmiş Nava şahriga kirişgan.

Suriya armiyasi qömondonligida bu şaharning qaytarilişi jangarilarning Damaşqdan janubdagi guruhlari ta'minoti tösib qöyilişiga imkon berişini aytilmoqda.