Suriya Axborot vaziri Omran Zoubi Saudiya Arabistonida 47 kişining qatl qilinganiga munosabat bildirdi. U saudiyaliklar şialarning yetakçisi Nimr an-Nimrni öldirişini qoralagan.
Zoubi bu qatl qilişlarni "davlatning öz xalqini qirğin qilişi" deb baholagan.
2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligi terrorizm bilan şuğullanganlik va uni rağbatlantirişda ayblangan 47 kişiga çiqarilgan ölim hukmi ijro etilgani haqida e'lon qildi. Qatlga buyurilganlar orasida "Al-Qoida" taşkilotining Saudiya Arabistonidagi bölimi yetakçisi Faris az-Zaxrani hamda şialar yölboşçisi Nimr an-Nimr nomlari bor.
Nimr an-Nimr 2012 yilda mamlakat şarqida ötkazilgan namoyişlar vaqtida hibs qilingandi. 2014 yilda u bozorga öt qöydiriş, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlariga uyuştirilgan hujumlarni taşkil etiş va qirolning buyruğiga itoat etmaslikda ayblanib, ölimga mahkum qilingandi.
Saudiya Arabistonida 47 kişi terrorizmda ayblanib, qatl etildi
Eron imomning qatl etilişi sababli Saudiya Arabistoniga noroziligini bildirdi
Tehronda namoyişçilar Saudiya Arabistoni elçixonasi binosini yoqib yuborişdi
BMT boş kotibi Saudiya Arabistonida 47 kişining qatl etilişini qoraladi






