Bahrayn Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Eronda Saudiya Arabistonining elçixonasi va konsulligi binolariga uyuştirilgan hujumlar sabab böldi.

Reyter agentligining BNA agentligi xabariga asoslanib, ma'lum qilişiça, bahraynliklar eronlik diplomatlarga öz hududidan çiqib ketiş uçun 48 soat muhlat berdi.

AR naşri xabariga köra, Bahrayn axborot vaziri Iso al-Hamadiy Eron bilan munosabatlarning uzilişini qöllab-quvvatlab çiqqan.

Eslatib ötamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kişi, şu jumladan, taniqli şia tarğibotçisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.

Tehrondagi Saudiya Arabistoni elçixonasi qarşisida hamda Eron şimoli-şarqidagi Maşhad şahrida norozilik namoyişlari bölib ötdi.

3 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr “Qirollik içki işlariga oçiqdan oçiq suqilgani, regionda duşmançilik harakatlarini amalga oşirgani va Tehrondagi Qirollik elçixonasiga hujum uyuştirgani uçun” Eron bilan diplomatik aloqalar batamom uzilgani haqida e'lon qilgan edi.