The Independent naşri jurnalisti Robert Fiskning ta'kidlaşiça, “Ğarb Saudiya Arabistonida amalga oşirilgan ommaviy qatllardan keyin ham uşbu mamlakat oldida past ketişda davom etadi”.
Eslatib ötamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni IIV terrorçilikda ayblangan 47 kişiga nisbatan ölim jazosining ijro etilgani borasida bayonot tarqatdi. Qatl qilinganlar sirasida şia ilohiyotçisi, 2012 yili hibsga olingan Nimron an-Nimr ham bor edi. Bu Eron va Saudiya örtasidagi janjalni keltirib çiqardi. 3 yanvar kuni eronliklar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elçixonasi binosi oldida norozilik namoyişlari ötkazişdi. Ular binoni ostin-ustun qilib, yonğin keltirib çiqarişdi. Politsiya 40 kişini hibsga oldi. Şu voqeadan söng Riyod Tehron bilan diplomatik aloqalarni töxtatişga qaror qildi.
“Saudiya Arabistonida ötgan yili amalga oşirilgan barça 158 qatl IŞIDning vahhobiylik ta'limotiga muvofiq keladi, - deb yozadi Fisk. – Makbetning “qonga qon” şiorini, şubhasiz, saudiyaliklarga nisbatan ham qöllasa böladi: ularning “terrorga qarşi uruşi” endilikda, aftidan, har qanday, ham sunniy, ham şia qonini oqlaydi”.
Şayx an-Nimr oddiy ilohiyotçi bölmay, Saudiyaning Şarqiy viloyatidagi eng nufuzli va hurmatli şia yetakçilaridan biri edi. U biror-bir partiyaga qöşilmagan bölsa-da, rasmiy hokimiyatga qarşi çiqqani bois tez-tez qiynoqqa solinardi. Fiskning e'tirof etişiça, Saudiya hukumati “IŞID ruhida” qatlning mazhablar örtasidagi kuraşga aloqador emasligini iddao etişi şubhali.
Jurnalistning taxmin qilişiça, Riyodning bunday qadami Yamanda xusiylarning yangi isyonini keltirib çiqaradi, vaholanki Saudiyaning özi u yerda şialarning noroziliklariga çek qöyişga qaratilgan harbiy koalitsiyaga boşçilik qilmoqda.
“Bu qatl Ğarbni Yaqin Şarqning eng nozik muammosi oldida ojiz qoldiradi, ya'ni u Qirollik duşmanlarining vahima bilan qatl etilişiga yumşoqlik bilan norozilik bildiriş örniga Fors körfazining boy va avtokratik monarxiyalari oldida past ketib, qulluq qilişga majbur böladi”, - deya xulosa qildi kolumnist.






