"Lester" hujumçisi Jyeymi Vardi 2 yanvar kuni "Bornmut" jamoasiga qarşi öyinda jarohat olgan va u bu haftada kiçik operatsiyani boşdan keçiradi. Bu haqda BBC Radio Leicester xabar beradi.

28 yoşli futbolçi çov qismidan jarohat olgan.

Futbolçining safga qaytişi uçun ikki hafta kerak böladi.

Şunday qilib, Vardi 10 yanvar kuni Angliya kubogining 1/32 finali doirasida "Tottenhem"ga qarşi uçraşuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

U şuningdek, APL doirasida 13 yanvar kuni "Tottenhem", 16 yanvar kuni "Aston Villa"ga qarşi keçadigan öyinlarda iştirok eta olmaydi.

Ma'lumot uçun, Vardi APLning joriy mavsumida 20 öyinda 15ta gol urgan.