Bundan tört yil muqaddam KXDR hokimiyati tepasiga Kim Çen In kelganidan söng Janubiy Koreyaga qoçib ötuvçi şimolliklar oqimi ikki marotabaga qisqardi. 4 yanvar kuni Seul e'lon qilgan hisobotda bu haqda söz boradi.

Koreya Respublikasining Milliy birlaşuv işlari böyiça vazirligi ma'lumotlariga köra, 2015 yilda Xitoy va boşqa mamlakatlar orqali Janubiy Koreyaga Şimoliy Koreyaning 1277 nafar sobiq fuqarosi yetib kelişgan. Bu 2011 yildagi 2706 kişiga qaraganda 52,8 foiz kam demakdir.

Mazkur körsatkiç Şimoliy Koreya hokimiyatiga otasi Kim Çen Irdan keyin ega çiqqan Kim Çen Inning hukmronligi boşlangan 2011 yildan söng muntazam pasayib borgan. 

Janubiy Koreyaning Ryonhap agentligi ma'lumotiga köra, 2015 yilda KXDRdan qoçib kelganlarning 80 foizi ayollardir. Bu esa şimollik ayollar uçun Xitoyda savdo va xizmat körsatiş sohasida iş topişi osonroq ekanini anglatadi. Ular Xitoyda Janubiy Koreyaga yetib olişga yetadigan pulni işlab topişadi.