Yangi yil arafasida Samarqandda biratöla ikkita muassasa – «Samarkand Euro Asia Lift» va «Samarkand Euro Asia Textile» aksiyadorlik jamiyatlari iş boşladi.
Samarqand viloyat xöjalik sudi qarori bilan Samarqand liftsozlik zavodi bankrot deb e'lon qilinib, uning mol-mulki oçiq auksion savdolarga qöyilgan edi. Mazkur savdolarda «Sam Antep Gilam» qöşma korxonasi ğolib deb topilib, korxonaning 9,5 milliard sömlik köçmas mulkiga ega çiqdi.
Natijada sobiq lift zavodining 20 gektarlik maydonida ikkita muassasa – «Samarkand Euro Asia Lift» va «Samarkand Euro Asia Textile» iş boşladi. Qisqa vaqt içida bu yerda oyiga 30 dona lift işlab çiqariş quvvati qayta tiklandi.
Ayni paytda «Samarkand Euro Asia Lift» AJda 100 kişi mehnat qilmoqda. 2016 yilga möljallangan istiqbolli loyihalar ham mavjud.«Samarkand Euro Asia Textile» esa paxta tolasini birlamçi qayta işlab, erkaklar kiyimlari, çoyşablar va ip-kalava tayyorlaş böyiça umumiy qiymati 23,7 million dollarni taşkil etuvçi loyihalarni amalga oşiradi.
Zavod töliq işga tuşganidan söng bu yerda yiliga 25 million dollarlik ikki million dona erkaklar köylagi, 200 ming çoyşablar töplami va import örnini bosuvçi boşqa mahsulotlar tayyorlanadi. Ming kişi esa doimiy iş örni bilan ta'minlanadi.






