"Real" jamoasi boş murabbiyi Rafael Benites Ispaniya çempionatining 18-turida "Valensiya"ga qarşi ötgan uçraşuvdan keyin (2:2) jurnalistlarning savollariga javob berdi.

"Biz yaxşi öynadik. Jamoa öyinning 35 daqiqasida öyinni nazorat qildi. Ikkinçi bölim qiyin böldi, ammo biz yaxşi işladik.

Şundan söng kamçilik bölib qoldik, biz katta kuç sarflaşimiz kerak edi, şunday qildik ham. Bu öyinda ğalaba qozonişimiz ham, yutqazişimiz ham mumkin edi.

Nazoratni yöqotgan 10 daqiqamiz qolgan harakatlarimizni yöqqa çiqarmasligi kerak. Ötkazib yuborilgan goldan söng hisobda oldinga çiqib oliş uçun hamma narsa qildik.

Mening kelajagim? Miş-mişlarga qarşi heç narsa qila olmayman. Men oldimizga qöyilgan vazifalarni bajariş uçun jamoani oldinga boşlaşim kerak. Bugun ğalabani juda xohlagan edik, ammo uç oçko ololmadik", - deydi Benites.