Rossiyada 31 dekabr kuni noma'lum şaxslar nomi sir tutilayotgan tijoriy banklardan biri serverini buzib kirişgan va hisobdan 95 million rubl miqdoridagi mablağni öğirlaşgan. Bu haqda 3 yanvar kuni huquqni muhofaza qiliş organlariga asoslangan holda Interfaks agentligi xabar bergan.

Manbaning aytişiça, bu hodisa juma kuni soat 07:00dan 09:00gaça bölgan vaqt oraliğida sodir bölgan. Jinoyatçilar öğirlangan pullarni turli banklardagi jismoniy va yuridik şaxslar nomiga oçilgan 690ta hisobga ötkazişgan. 1 yanvar kuni bu hodisa böyiça jinoiy iş oçilgan.

Şuningdek, 1 yanvarga ötar keçasi Moskvadagi banklardan biriga talonçilik hujumi uyuştirilgan. 1 yanvar kunining ilk soatida şahardagi banklardan biriga bostirib kirib, naqd pullarni öğirlaşgan. Bu hujum keltirgan zarar miqdori 12 mln rublni taşkil etgan.