Superoğir vaznda sobiq jahon çempioni, ayni vaqtda Kiyev şahri meri hisoblanadigan Vitaliy Kliçko öz ukasi Vladimir Kliçkoga uning britaniyalik boksçi Tayson Fyuri bilan jangdagi mağlubiyatidan keyin boksni tark etiş fursati kelgani haqida aytgan. Bu haqda Champion naşrida yozilgan.

Vitaliy Kliçko Tayson Fyurini öz ukasiga teng kuçli sportçi emasligini, uning jangda ğalaba qilganidan hayron bölganini ta'kidlab ötgan.

"Lekin şunday kunlar böladiki, "yulduzlar çaraqlamaydi", tezlik va zarbalar yöq bölib qoladi", degan katta Kliçko.

U ukasi bilan Fyuridan yengilganidan keyin oçiqçasiga gaplaşganini aytgan.

"Men unga oldinda ikki yöl turganini aytdim. "Sen şuni bilişing kerakki, özingning nimalarga qodirligingni isbotlab bölgansan. Hozir senda ikki variant bor. Birinçisi, barçaga özing eng zör boksçi bölganing, sening natijalaringni heç kim takrorlay olmaganini eslatib, muxlislarga özingni qöllab turişgani uçun minnatdorçilik bildirgan holda xayrlaşiş. Ikkinçisi, şunday ketmoqçi emasliging, ringga qaytib barçaga özingning nimalarga qodirligingni yana bir bor namoyiş etiş, Fyuri bilan avvalgi jangdagi mağlubiyat tasodifiy bölganini isbotlaş", deydi u.

Bundan oldinroq, Professional boksning superoğir vazn toifasida uçta yönaliş çempioni, WBA, WBO va IBO kamarlari sohibi britaniyalik boksçi Tayson Fyuri sobiq jahon çempioni ukrainalik boksçi Vitaliy Kliçko bilan revanş ötkaziş borasida kelişuvga erişganin haqida xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, 28 noyabr kuni Dyusseldorfda ötkazilgan jangda Tayson Fyuri Vladimir Kliçkoni oçkolar hisobiga köra mağlubiyatga uçratib, raqibiga tegişli bölgan çempionlik kamarlarini (IBF, IBO, WBO va WBA) tortib olgandi.