2016 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston uyali aloqa operatorlari öz faoliyatidan oladigan daromadga qarab soliq tölaydi. Bu haqda duşanba, 4 yanvar kuni e'lon qilingan Islom Karimovning qarorida söz boradi.
Sputnik agentligi xabarida keltirilişiça, agarda uyali aloqa sohasida işlaydigan korxona rentabelligi 20 foizni taşkil etsa, operator odatiy stavka böyiça — 7,5 foiz soliq tölaydi. Daromadning 20 foizdan oşgan qismidan esa 50 foiz soliq olinadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi ma'lumotiga qaraganda, Özbekistonda 2015 yilning oxirida uyali aloqa abonentlari bazasi 21,6 millionni taşkil qilar edi. Bu 2014 yilga qaraganda 1,6 millionga köp.
Hozirgi vaqtda Özbekiston uyali aloqalar bozorida beşta uyali aloqa operatori mavjud: Bilayn, Yusell, YuMS, Perfektum va Uzmobayl kompaniyalari. Özbekistonda uyali aloqa xizmati asosan GSM standartida körsatiladi. Perfektum va Uzmobayl kompaniyalari CDMA standartlarida xizmat körsatadi.






