Özbekistondan 2016 yilda xarid qilinadigan gaz hajmi Turkmanistondan 2015 yili olingan gaz hajmidan köra köproq böladi. 2015 yil söngida özbek gazini sotib olişni yanada köpaytiriş böyiça kelişuvga erişilgani muhim qadamlardan biri bölgani e'tirof etilmoqda. Bu haqda Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasidagi manba ma'lum qilgan.

«2016 yilda Özbekiston gazini xarid qiliş hajmi Turkmaniston 2015 yilda yetkazib bergan 3,1 milliard kubdan köra sezilarli köp bölişi aniq», — deya ta'kidlab ötgan manba.

Eslatib ötamiz, Özbekiston gaz qazib oluvçi dunyodagi eng yirik davlatlar önligiga kiradi (yiliga 63—65 milliard kub gaz), MDH davlatlari orasida esa bu körsatkiçda uçinçi örinni qayd etmoqda.