BMTning Suriya böyiça maxsus elçisi Staffan de Mistura yaqin kunlarda Suriya masalasida Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlarini yomonlaşuvini tahlil qilib çiqadi. Bu haqda jurnalistlarga BMT Boş kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qilgan. Uning sözlariga köra, aynan şu masala yuzasidan emissar ar-Riyod va Tehronda maslahatlaşuv ötkazadi.
"Maxsus elçi özining taşrifi davomida Saudiya Arabistoni va Eronning Suriya masalasida Vena kelişuvi böyiça olib borayotgan jarayonlarini tahlil qiladi. De Mistura Saudiya va Eron örtasidagi ziddiyat juda yomon oqibatlarga olib keladi, deb hisoblaydi", - dedi Dyujarrik.
Eslatib ötamiz, 3 yanvar kuni ar-Riyod Eron bilan diplomatik aloqalarini uzganligini ma'lum qildi.






