Xalqaro hamjamiyatning keskin e'tirozlariga sabab bölgan qatllarni Saudiya hukumati mamlakat böylab öz hokimiyatini kuçaytiriş maqsadida amalga oşirgan, deb hisoblaydi Bloomberg agentligi.

“Önlab odamlarning halok bölişiga olib kelgan bir qator içki hujumlardan söng, neft narxining tuşib ketişi oqibatida kelib çiqqan iqtisodiy qiyinçiliklar tufayli, Yamandagi uzoq davom etgan uruş sababidan dunyodagi eng yirik neft eksportyorining hukmdorlari jamoatçilikka özining terrorçilikka nisbatan qat'iy pozitsiyasini va özgaça fikrni qabul qilmasligini körsatib qöymoqçi bölgan körinadi”, - deyiladi materialda.

Pembrok kolleji xodimi Tobi Mettisenning sözlariga qaraganda, qatl asosan içki auditoriyaga möljallangan akt bölgan edi. Uning ta'kidlaşiça, qatllar saudiyaliklar orasida maşhur tomoşa bölib, ayni paytda odamlarni birlaştiriş vazifasini ham bajaradi.

Bunday iş qirol Salmon ibn Abdulaziz as-Saudning mavqeini oşiriş uçun amalga oşirilgan bölişi mumkin, deb hisoblaydi AQŞning Riyoddagi sobiq elçisi Robert Jordan.

“Qirol Abdulla ibn Abdulaziz as-Saud tepki bosişga jur'at etmasdi, endi qirol Salmon özining kuçli yetakçiligini körsatmoqçi”, - dedi u.