6 yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengaşi Şimoliy Koreyaning vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgani töğrisidagi bayonoti bilan boğliq ravişda favqulodda majlis ötkazadi. Bu haqda TASS xalqaro taşkilotning boş idorasidagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.

Uning sözlariga köra, yopiq majlis Nyu-York vaqti bilan 11.00 da (Toşkent vaqti bilan 20.00) bölib ötişi mumkin.

Mazkur xabarni Reuters agentligiga BMTdagi diplomatlar ham tasdiqlagan.
“Hozirça aniq vaqti tasdiqlanmagan, biroq uçraşuv bugunning özida bölib ötişi ehtimoli yuqori”, - dedi TASS suhbatdoşi.

RIA “Novosti” agentligi talqinida mazkur uçraşuv AQŞ va Yaponiya taşabbusi bilan ötkazilmoqda, deyiladi.Bundan avvalroq esa KXDR hukumati vodorod bombasi muvaffaqiyatli tarzda sinovdan ötganini tasdiqlagan edi.