Daniya taşqi işlar vaziri Kristian Yyensen Tehronga rasmiy taşrifi çoğida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar beradi Fars News agentligi.
Uçraşuv çoğida Ruhoniy Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uziş yöli bilan qatllarning notöğri va jinoyatkor ekanligini yaşirmoqçi bölayotganini yana bir bor ta'kidlab ötdi. Öz navbatida, Yyensen Saudiyani bu masalada tanqid ostiga oldi, jumladan, şia ilohiyotçisi Nimr an-Nimrning qatl qilinişini esga oldi.
“Tanqid uçun odamning kallasi çopilmasligi kerak”, - deb ta'kidladi Daniya diplomatiyasi rahbari.
“Bizning öylaşimizça, diplomatiya va muzokaralar davlatlar örtasidagi muammolarni hal qilişning eng yaxşi yölidir, - qöşimça qildi Ruhoniy. – Yaqin Şarq davlatlari mintaqani terrorçilikdan saqlab qoliş uçun birlaşmoği lozim”.






