Örta vazn toifasida WBA (Super) va IBF yönalişi çempioni qozoğistonlik Gennadiy Golovkin ketma-ket uçinçi marta WorldBoxingNews.net sayti tomonidan "Yil boksçisi sifatida taqdirlandi. Bu haqda Vesti.kz naşri xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, u saytda ötkazilgan sörovnomada 94 foiz ovoz olgan. Bu sörovnomada 9900 internet foydalanuvçisi iştirok etgan.

Qayd etilişiça, nomintsiya böyiça ikkinçi örin britaniyalik Tayson Fyuriga tegişli bölgan.

Golovkin ötgan yilda 3 marta ringga kötarildi va barça janglarini muddatidan olding ğalaba bilan yakunladi. U dastlab, britaniyalik Martin Myurreyni, keyin amerikalik Villi Monro-kiçkinani va uçinçi jangda kanadalik David Lemeni nokautga uçratgan.

Xabarda aytilişiça, Golovkinning jamoasi WBO kamari sohibi, britaniyalik Billi Jo Sondersga 2016 yilning aprelida jang ötkaziş böyiça 4 mln dollarni öz içiga oluvçi taklif bildirilgan. Britaniya vakili esa GGG bilan (Golovkinning laqabi) 6 mln dollar evaziga jang qilişga rozi bölişini bildirgan.