Şimoliy Koreya agarda uning suverineti buzilmasa, yadro qurolidan foydalanmasligini ma'lum qildi. Bu haqda mamlakat markaziy televideniyesida e'lon qilingan murojaatda söz boradi.

“Agarda suverinetimiz buzilmasa, biz yadro qurolidan foydalanmaymiz”, - deyiladi bayonotda.

Bundan avvalroq esa KXDR hukumati vodorod bombasi muvaffaqiyatli tarzda sinovdan ötganini tasdiqlagan edi.

Janubiy Koreya va Yaponiya Şimoliy Koreya hududida texnogen xarakterdagi zilzila qayd etilganidan söng darhol KXDR yadro sinovi ötkazgani töğrisidagi gumonini ma'lum qildi.