“Özfarmsanoat” AK boşqaruvi raisi M. Dösmuratov 2015 yilning 22 dekabr kuni Isroil delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi. Delegatsiya tarkibiga Yaad Consulting and Management Services Ltd. direktori I. Şrem, Tel-Avivdagi “Assuta” şifoxonasi asosçilari D.Oppenxaym va B. Goldvasser, Evia kompaniyasi direktori P. Tuval kirgan edi.

“Özfarmsanoat” matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, uçraşuv davomida isroillik mehmonlarga kompaniya haqida axborot taqdim etilgan, şuningdek, sohani rivojlantiriş yölida oxirgi yillarda olib borilgan işlar esga olingan.

Şuningdek, farmatsevtika sohasining eng istiqbolli yönalişlaridan biri bölmiş ösimlik xom aşyosi asosidagi dori vositalari işlab çiqarişni köpaytiriş xususida ma'lumot berilgan.

Isroil vakillari Özbekistonda mazkur soha bilan şuğullanuvçi sub'yektlarga taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar hamda ayni paytda dolzarb bölib turgan investitsion loyihalar bilan taniştirilgan.Ta'kidlanişiça, uçraşuv yakunlariga köra Isroil delegatsiyasi hamkorlikni yölga qöyiş niyatini bildirgan.