Qozoğistonning Olmaota şahri yaqinidagi Turar qişloğida 10 nafar özbekistonlik is gazidan zaharlanib, şifoxonaga yotqizilgan.
Novosti-Kazaxstan naşrining xabariga köra, ulardan 5 nafarining hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan. Halok bölganlarning 2 nafari kiçik yoşli bolalar edi.
Naşrning ma'lumotiga köra, 2 yanvar kuni Özbekiston fuqarolari bölgan 10 kişi zaharlangani haqida ma'lumot kelib tuşgan.
"3 nafar katta yoşli kişi va 2 nafar yoş bola tibbiy yordam körsatilmasidan oldinroq jon bergan. Yana 5 kişi Kaskelen şahridagi markaziy şifoxonaga yotqizildi", deyiladi xabarda.
Bu voqea noxuş hodisa sifatida qayd etilgan. Dastlabki taxminlarga köra, marhumlar is gazidan zaharlanib halok bölgan.






