Şimoliy Koreyada yadro poligoni joylaşgan hududda kuçli zilzila kuzatildi, deya xabar berdi Janubiy Koreyaning Ryonhap agentligi.
Agentlik ma'lumotiga köra, yer osti silkinişi mahalliy vaqt bilan 10.30 (Toşkent vaqti bilan 06.30)da Yangando provinsiyasidagi Pxungeri yadro poligonida qayd etildi. Zilzila öçoği bir kilometr çuqurlikda, ya'ni Yer sathi yaqinida joylaşgan.
Janubiy Koreya meteoxizmati xabariga köra, zilzila sun'iy xarakterga ega. Seysmologlar ma'lumotiga köra, zilzila magnitudasi 4,2 ballni taşkil etgan.
Janubiy Koreya hukumati favqulodda majlis çaqirmoqçi.






