AQŞning Miçigan ştatida har oy ming dollar keltiruvçi çipta kim oşdi savdosiga qöyildi, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Çipta Donald Megettga tegişli. U 1984 yili Cash for Life lotereyasida ğolib bölgan. Şundan buyon unga har oy ming dollar tölanadi.
Çiptaning boşlanğiç narxi 30 ming dollarni taşkil etadi. Çipta Megettning vafotidan söng kuçini yöqotadi.






