Taniqli avtomobil dizayneri Xenrik Fisker Aston Martin kompaniyasini şantaj qilişda ayblab, 100 mln dollar tovon puli talab qilib uning ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda Business Insider naşri ma'lum qildi.
Bunga ingliz brendining Fiskerga Detroytda bölib ötadigan motor-şouda özining Force 1 superkarini namoyiş qilişi taqiqlagan maktubi sabab bölgan. Aston Martin şuningdek dizaynerdan uning maşinasining taşqi qiyofasi “Agent 007: Spektr” filmidagi DB10 modeliga öxşaş bölmasligi uçun özgartiriş kiritişi haqida yozma kafolatlar talab qilgan, aks holda inglizlar sudga murojaat qiliş bilan tahdid qilişgan.
Fisker’ning 745 ot kuçiga ega yangi superkarining xomaki suratlari internetda bir oy avval paydo bölgan. Köpçilik jurnalistlar uning Aston Martin DB10 avtomobili bilan öxşaşligini qayd qilişgan. Kompaniya vakillari Fiskerga yozgan maktublarida aynan şu holatga e'tiborni qaratişgan. Aston Martin’da 2001-2004 yillar işlagan Fisker kompaniyada işlagan vaqtida bir neçta modellar dizayni, jumladan V8 Vantage va DB9 modellarining dizaynini yaratgan.






