Tyanşan şimoli-ğarbidagi Ili Olatovi toğlarining Gorelnik darasida yaşovçi 63 yoşli tarki dunyoçi Töleu oğa Qozoğiston OAVning qahramoniga aylandi.

Köngillilar ba'zan Anatoliy deb ataydigan Töleu oğa bu dunyoda özini keraksiz his etib, tarki dunyo qilgan bölib, endilikda öz hayotidan juda mamnum, deb yozadi “Kazaxstanskaya pravda” gazetasi.

U 10 yildan buyon toğlardagi eski kulbada yaşab keladi. Tirik jonzotlardan faqat uç it u bilan birga yaşaydi. Ovqatni unga ba'zan mehribon insonlar olib kelişadi, suvni esa u toğdagi buloqlardan oladi. Qişda u qor eritib suv oladi, ötinni benzinli arra bilan kesadi.

10 yil muqaddam Töleu oğa Olmaotadan uy-joyi va qarindoşlari yöqligi tufayli çiqib ketgan edi. Bu şaharga u armiyadagi xizmatidan söng Şarqiy Qozoğiston viloyatidan kelib qolgan edi. Qurilişlarda, zavodlarda işlaşiga qaramay, pensiya yoşiga yaqin u uysiz qolgan va toğlarga köçib ötişga qaror qilgan. U yerda kimsasiz kulbani topib olib, unda yaşay boşlagan.

Olatovga kelgan bir sayohatçi u bilan tanişib qolganidan söng Töleu oğa haqida jurnalistlar, havaskorlar, sayohatçilar va köngillilar bilib qolişdi. Şundan buyon uning uyidan mehmon arimaydi.

Şunga qaramay, u asosan yolğizlikda yaşaydi, ba'zan uç oylab sadoqatli itlaridan boşqa tirik jonni körmaydi. Pensiya pulini aql bilan işlatib, tirikçilikka yetkazişga urinadi. Ba'zan toğlardan tuşib, dökonlarga kiradi va zaruriy mahsulotlarni xarid qiladi.

Ayni kunlarda unga köngillilar yordam bermoqda.